Mehnat munosabatlarida tazyiq va zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslik qanday bo'ladi?


117     16.12.2024

Mehnat kodeksi tahrirlanmoqda. Fraksiya yig‘ilishida bu haqidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasida mehnat munosabatlariga xalqaro standartlarni joriy etish, mehnat jarayonlarida tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish, erkaklarni kasbiy va oilaviy majburiyatlarini uyg‘un tarzda amalga oshirishi uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.

Deputatlarning taʼkidlashicha, bu juda ham muhim qonun. Eng asosiysi, loyiha mehnat jarayonlarida tazyiq va zo‘ravonliklardan jabrlangan shaxslarni ijtimoiy va huquqiy himoyasini taʼminlash bilan birga oilaviy muhitni yaxshilashga ham xizmat qiladi.