217 16.12.2024
Fraksiya yig‘ilishida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini yaratishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur qonun loyihasi ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning jamiyatdan ajralib qolishini oldini olish, qayta jinoyat sodir etilishi holatlarini kamaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini jazoni ijro etish faoliyatiga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Fraksiya aʼzolari xorijiy tajribadan kelib chiqib, kitobxon mahkumlar uchun jazo muddatini qisqartirish masalasini ko‘tardi. Qonun tashabbuskorlari ushbu masala hozirda ko‘rib chiqilayotganini maʼlum qildi.