Kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar


128     16.12.2024

Partiya Markaziy kengashida hududiy Kengash rais o‘rinbosarlari va kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassislar uchun o‘quv-seminar boshlandi.  

Maʼlumki, Yangi O‘zbekistonda kadrlar masalasiga ustuvor vazifalardan biri sifatida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki bugun xalqimiz manfaati, davlatimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi ishning ko‘zini biladigan, kreativ fikrlaydigan, maʼnaviy-axloqiy jihatdan barkamol, vatanparvar, eng muhimi, o‘z sohasining bilimdonlariga bog‘liq.

Kadrlar salohiyatini oshirish doirasida so‘nggi yillarda siyosiy partiyalar mavqeini kuchaytirish, ularni yanada xalqqa yaqinlashtirishga ham alohida eʼtibor qaratilayotir. Chunki xorijiy tajribadan maʼlumki, partiyalarga kadrlar yetishtiruvchi “fabrika” sifatida qaraladi. Shu maʼnoda, partiya tizimida ham ushbu masala ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.         

– Partiyamizda ham kadrlar masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan bo‘lib, yosh kadrlar va bo‘lajak deputatlar zaxirasi muntazam yangilanib boriladi. Ayniqsa, ularning malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashishini taʼminlash bo‘yicha siyosiy o‘quvlar o‘tkazish anʼanaga aylangan. Bugungi o‘quv-seminar ham ana shunday tadbirlardan biridir, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Mamatxonov.

O‘quv-seminar 18-dekabrga qadar davom etadi.