219 23.12.2024
Fraksiyaning bugungi yig‘ilishi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirilishiga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasi bilan boshlandi.
Fraksiya aʼzosi Sherzod To‘xtashevning maʼlum qilishicha, ushbu loyiha bilan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarining profilaktikasini taʼminlash va iqtisodiy jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish vazifalari yuklatilyapti.