158 27.12.2024
Partiyaning Buxoro viloyati Kengashida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Partiya vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, taʼlim, bank sohasi xodimlari, tadbirkorlar hamda mahalla faollari ishtirokida o‘tgan tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qonunchilik palatasi hamda Senatning birinchi majlislaridagi nutqi mazmun-mohiyati muhokama qilindi. Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash orqali daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Fraksiya aʼzosi, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Mamatxonov Yangi O‘zbekiston islohotlari davrida yurtimizda siyosiy partiyalar, deputatlar oldiga qo‘yilgan talablar haqida gapirdi.
– Davlatimiz rahbarining partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalqimiz qo‘llab-quvvatlagan har bir taklif albatta ko‘rib chiqilishi va amalga oshirilishi lozimligi yuzasidan bildirgan fikrini partiyaning har bir vakili, deputatlar teran anglagan holda ish ko‘rishi, saylovchilarga bergan vaʼdalarini so‘zsiz bajarib, ishonchini oqlashi zarur, – dedi Bahodir Mamatxonov.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maxsud Muhammdedov esa aholi bandligini taʼminlash, daromadli qilish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar, bu borada bank hamda mahalla “yettiligi” oldida turgan ustuvor vazifalar haqida gapirdi.
Buxoro viloyati Kengashi axborot xizmati