“Uddaburon” qarzdorlar diqqatiga!


300     07.01.2025

Amaldagi tartibga ko‘ra, qarz vaqtida to‘lanmasa ijro mol-mulkka qaratiladi. Ammo mol-mulki ham bo‘lmasa, ijro ishi tugatiladi. Aynan bu tartib “uddaburon” qarzdorlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Ana shunday holatlarning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasiga ko‘ra, endi ijro hujjati to‘xtatilmaydi va qarzdorlar Majburiyatlar reestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va o‘n yil davomida saqlanadi. Reestrda qarzdorning mol-mulki yoki pul mablag‘i aniqlanganda ijro ishini yuritish qayta tiklanadi va majburiy ijro harakatlari umumiy tartibda davom ettiriladi.