438 13.01.2025
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ijodkor ayollar maslahat kengashining ilk yig‘ilishida taʼkidlanishicha, bundan ko‘zlangan maqsad yurtimizning chekka-chekka hududlarida yashaydigan, adabiyot olamida o‘z yo‘lini topolmayotgan ijodkor ayollarni izlab topish va ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish hamda milliy urf-odatlarimizni xalqimiz, yoshlarimiz onggiga sheʼriyat, adabiyot orqali yetkazishdan iboratdir.
"Milliy tiklanish" partiyasi - ziyolilar, jumladan, ilm-fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari, ijodkor va sanʼatkorlarni o‘z elektorati deb hisoblaydi hamda ularni doimo qo'llab-quvvatlaydi. Albatta ma'naviy muhitni yaxshilashda ijodkorlarning o'ziga yarasha o'rni borligini ham e'tirof etish lozim. Ahamiyatlisi maslahat kengashiga partiyamiz vakillari Feruza Muhammedjanova, Iroda Dadajonova va Feruza Jalilovalar ham kiritildi.