Taʼlim sohasi yoshlarimizning kelajagini belgilab beruvchi poydevor


464     15.01.2025

Taʼlim sohasi yoshlarimizning kelajagini belgilab beruvchi poydevordir. Ushbu poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, kelajagimiz shunchalik barqaror bo‘ladi. Bu borada davlat dasturi loyihasida bir qator maqsad-vazifalar belgilangan. Jumladan, oliy taʼlimda davlat granti o‘rinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik, texnika va tibbiyot kabi yo‘nalishlarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkazilishi belgilangan. Bu bilan ushbu sohalarga yoshlarning qiziqishini yanada oshirishga erishiladi.

Bundan tashqari, respublikamizning har bir tuman va shaharida bittadan inklyuziv taʼlim olish imkoniyatlari yaratilgan maktabni bosqichma-bosqich tashkil etish vazifasi belgilab berilgan. Bu esa joylarda imkoniyati cheklangan farzandlarimizning hech kimdan kam bo‘lmagan tarzda taʼlim olishiga xizmat qiladi.

Umuman, dastur loyihasidagi har bir yo‘nalish va maqsad bugunimiz va ertamiz uchun dolzarb. Shunday ekan, biz xalq vakillari dasturdan o‘rin olgan vazifalar ahamiyatini aholiga yetkazishda faol ishtirok etishimiz lozim.

Vasila FAYZIYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
fraksiyasi a'zosi