Elektr energiya, suv, gazni vaqtida yetkazib bermaganlar ham jazolanadi


1025     20.01.2025

Maʼlumotlarga qaraganda, sotuvchilarning fuqarolarga tovarlarni kelishilgan muddatda yetkazib bermayotgani bilan bogʼliq murojaatlar koʼpaymoqda. Jumladan, 2022-yilda 500 ta, 2023-yilda 1 373 ta, 2024-yilda esa 1 476 ta murojaat kelib tushgan va bunga amaldagi qonunlarda tegishli javobgarlik belgilanmagani sabab boʼlmoqda.

Fraksiya aʼzosi Dilnoza Аzizova bu norma fuqarolarga elektr energiya, suv, gazni oʼz vaqtida yetkazib bermagan idoralarga ham qoʼllaniladimi, degan masalani koʼtardi.

Tashabbuskorlar albatta bu norma nafaqat sotuvchilarga, kommunal idoralarga ham tegishli boʼlishini maʼlum qildi.