985 20.01.2025
Fraksiya yig‘ilishida donorlik harakatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Loyiha bilan donorlarni "Oʼzbekiston Respublikasi faxriy donori" koʼkrak nishoniga ega bo'lganlarni qo'shimcha ragbatlantirish taklif qilinyapti.
Fraksiya a'zosi Sayyora Jumayeva loyihadagi "Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan" soʼzlariga eʼtiroz bildirdi.
– Normativ-huquqiy hujjatlar faqat o‘zbek tilida tayyorlanishi belgilangan. Shu maʼnoda, ushbu loyihada rus tilidagi matnning ishlatilishi qanchalik to‘g‘ri? Аgar qonun loyihasi shu tartibda qabul qilinadigan bo‘lsa biz qarshi ovoz beramiz, – dedi Sayyora Jumayeva.
Tashabbuskorlar ushbu eʼtiroz to'g'ri ekanligini ta'kidlab, taklif etilgan o'zgarishni qabul qildi.