Kitob o‘qigan va uqqan mahbuslarning jazo muddati qisqartiriladi


125     20.01.2025

“Milliy tiklanish” partiyasi xorijiy tajribadan kelib chiqib, bir necha yillardan buyon kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surib kelayotgan edi. Nihoyat bu bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 1 ta kitob o‘qigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga ko‘pi bilan 10 ta kitob o‘qish mumkinligi belgilanyapti. 

Mahkumlar o‘qiydigan adabiyotlar ro‘yxati Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.