Suv isrofiga sabab bo‘layotgan hujjatlardan voz kechilyapti


269     23.01.2025

Fraksiya yig‘ilishida Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama  qilindi. 

Tashabbuskorlarning maʼlum qilishicha, endi suv bilan bog‘liq barcha qonun va qonunosti hujjatlari yagona Suv kodeksi bilan tartibga solinadi.

Sababi, hozirda suv bilan bog‘liq shunchalik ko‘p normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganki, ular suvni tejashga emas, aksincha "hayot manbai"ning yanada ko‘proq isrof bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.