Qum barxanlari orasidagi “turizm shaharchasi”


1262     27.01.2025

Partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh “Xorazm oyligi” doirasida Bog‘ot tumanidagi “Qalʼajiq qalʼa”sida bo‘ldi.

Eramizdan oldingi IV asrda bunyod etilgan qalʼa hududida kuniga 2000 nafar sayyohni qabul qila oladigan 125 gektarlik “turizm shaharchasi” bunyod etilmoqda. Ammo yaqin kelajakda 500 kishini ish bilan taʼminlaydigan shaharcha atrofidagi ayrim noqonuniy qurilishlar bunyodkorlik ishlariga xalaqit beryapti. 

Ishchi guruh “turizm shaharchasi”ni tezroq ishga tushirish bo‘yicha tavsiya va takliflar berib, mavjud muammolarni qonun doirasida hal qilishga ko‘maklashadigan bo‘ldi.