Aksariyat muammolar joyida hal qilindi, ayrimlari esa...


456     28.01.2025

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahodir Mamatxonovning Navoiy viloyatidagi o‘rganishlari mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashuvdan boshlandi. So‘ngra Navoiy shahridagi 16-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishildi.

Partiya deputatlik guruhi aʼzolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida “Umid” mahallasida o‘tgan sayyor qabulda uy-joy, kredit, moddiy yordam, tibbiy xizmat bilan bog‘liq murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi. Vaqt talab etiladigan ayrim masalalar bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi. 

Shuningdek, xalq vakillari baʼzi bir masalalar bo‘yicha tegishli idoralarga deputatlar so‘rovi chiqarishga kelishib oldilar.