Deputat “qizil ro‘yxat”dagi ishlar bilan tanishdi


984     28.01.2025

Pastdarg‘om tumanidagi “Joul Qosim” hamda “Paxtachi” mahallalari sharoiti og‘ir “mingtalik qizil ro‘yxat”ga kiritilgan bo‘lib, ro‘yxatdan chiqarish uchun ikki mahallaga qariyb 6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Xo‘sh, bu mablag‘lar qaysi maqsadlar uchun ishlatiladi, qilinayotgan rejalar odamlarning sharoitini yaxshilashga qanchalik yordam beradi?

Deputat Sherzod To‘xtashev ana shu masalada ushbu mahallalarda bo‘lib, amaliy ishlar bilan tanishdi. Byudjet mablag‘i asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida sug‘orish tizimini yaxshilashga sarflanayotgani va shu orqali aholi daromadini oshirish ko‘zlanayotgan ekan.

Fraksiya aʼzosi Azamat Pardayev esa Bulung‘ur tumanining “Niyozmat”, “Xo‘jamazgil” mahallalari muammolarini o‘rganib, “Beshkuvi” mahallasida ichimlik suvi muammosi bo‘yicha qilingan ishlar bilan tanishdi.