“Art-terapiya” orqali davolanayotgan bolalar


545     28.01.2025

Fraksiya aʼzolari Davron Aripov va Dilnoza Azizovalar namanganliklar muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish choralarini ko‘rish maqsadida dastlab Davlatobod tumanidagi “Mehrli maktab” faoliyati bilan tanishdi. 

Maʼlum qilinishicha, maktabda uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan bolalar sog‘ligini tiklashga yordam beradigan maxsus to‘garaklar tashkil etilgan. Masalan, so‘nggi yillarda xorijda asab tizimi bilan bog‘liq xastaliklarni davolashda keng qo‘llanilayotgan “Art-terapiya” to‘garagida rasm chizish orqali bolalarning emotsional holati yaxshilanadi, ijodiy ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

Deputatlar Pop tumanida kasb-hunar o‘rganib, o‘z-o‘zini band qilgan bir qator yoshlar bilan ham muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, tumandagi mahalla faollari bilan uchrashib, aholini Yangi O‘zbekiston islohotlari jarayoni va qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar bilan tanishtirdi.