Xavfli kasalliklarni erta aniqlashda qanday muammolar bor


465     28.01.2025

Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Nazira Muxtorovaning Jizzaxdagi o‘rganishlari viloyat markazidagi shahar ko‘p tarmoqli poliklinika faoliyati bilan boshlandi. Onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shifokor va bemorlar bilan uchrashib, bu borada qonunchilik doirasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni o‘rgandi.

Fraksiya aʼzolari Ruslan Jumamuratov esa Nukusdan yuz kilometr uzoqlikda joylashgan “Qaratav” fuqarolar yig‘ini aholsi bilan uchrashgan bo‘lsa, Sherzod Qulmatov Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Norbobo Soatov hamrohligida partiyaviy g‘oyalardan kelib chiqib, Sayxunobod tumanida mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyati bilan tanishdi.