984 28.01.2025
Xorazmliklarning aksariyati Qo‘shko‘pir tumanida Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning 30, 31-avlodlari qabri borligidan xabari bo‘lmasa kerak. Chunki ana shunday tabarruk insonlar dafn qilingan maqbara faqat shu yaqin atrofdagilar tomonidan ziyorat qilinadi, xolos. “Milliy tiklanish” yetakchisi Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh Sayyidlar avlodlarining so‘nggi manzili joylashgan Imorat bobo majmuasida bo‘lib, bugungi holati bilan tanishdi.
– Islom dunyosida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) avlodlarini ziyorat qilish juda katta turistik manba hisoblanadi. Agar ushbu yo‘nalishdagi xorij sayyohlarining maʼlum qismini bu yerga jalb qila olsak, katta imkoniyatga ega bo‘lamiz, – dedi Alisher Qodirov. Demak, bu borada qilinadigan ishlar ko‘p.