“A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha “Milliy tiklanish”chilar Ichki ishlar vaziriga deputatlik so‘rovi yubordi


645     28.01.2025

Ma'lumki, 2025-yil 1-martdan elektromototsikl, moped va skuterlarni haydash uchun “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi kerak bo‘ladi.

"Milliy tiklanish" vakillarining Ichki ishlar vaziriga yuborgan deputatlik so‘rovida keltirilishicha bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir qancha muammolar bor. Yaʼni, respublikadagi hamma avtomaktabdayam bu turdagi guvohnomaga o‘qitilmasligi, “prava” bo‘yicha murojaat qabul qilishi kerak bo‘lgan sayt, “Call” markazlaridan yetarli foydalanilmayotgani orqasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar kerak bo‘ladi.

Eslatma! Qonunchilikka muvofiq 10 kun ichida deputat so‘rovi bo‘yicha tushuntirish berilishi kerak.