Ortiqcha qog‘ozbozlikdan qachon qutilamiz?


749     29.01.2025

Fraksiya aʼzosi Vasila Fayziyevaning o‘rganishlari Yashnobod tumanidagi “Uysozlar” mahallasidan boshlandi. Aholi bilan muloqotda tuman tibbiyot birlashmasi uzoq bo‘lgani bois, mahallada uning filialini ochish masalasi ko‘tarildi.

– Bu borada ishlar boshlangan, biroq ortiqcha qog‘ozbozlik muammoning hal bo‘lishini ortga suryapti, – deydi deputat hujjatlar bilan tanishib.

Deputatning Toshkent shahar Kengashi vakillari hamda mahalliy deputatlar hamrohligidagi o‘rganishlari 435-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda 206-sonli maktabda davom etdi. Shu kunning o‘zida mutasaddilar hamda mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida o‘rganishlar natijalari muhokama qilinib, yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi.