649 29.01.2025
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida o‘rganishlar olib borayotgan deputat Nodir Tilavoldiyev eng chekka mahalla – “Nayman”dagi xayrli bir ish ustidan chiqqanini taʼkidladi.
Deputatning yozishicha, ushbu mahallada xorijlik investor tomonidan tikuvchilik korxonasi tashkil etilib, 150 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Tuman hokimi esa buning uchun “Nayman”da o‘zi yetakchi bo‘lgan sektor binosini tadbirkorga bo‘shatib beribdi.
“Qani endi barcha rahbarlarimiz ana shunday jonkuyar bo‘lsa”, – deydi deputat.
Nodir Tilavoldiyev shu kuni tuman hokimi bilan “Xo‘jariq” mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazib, tuman Axborot-resurs markazi, Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan ham tanishdi.