647 29.01.2025
Deputat Zuhra Mirg‘oziyeva Parkent tumaniga yurishida mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashuvga alohida eʼtibor qaratgani bejiz emas. Yangi O‘zbekiston islohotlarining hal qiluvchi bosqichida mahalliy Kengash deputatlariga katta masʼuliyat yuklanyapti. Endi kechagi talab va mezonlar bilan eskicha ishlab bo‘lmaydi.
Fraksiya aʼzosi ana shu talablardan kelib chiqib, mahalliy deputatlarni qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar bilan tanishtirdi, vakolat va majburiyatlarini yana bir bor eslatdi. Deputatlik faoliyati bilan bog‘liq tavsiyalar berdi.
Andijonning Xo‘jaobod tumanida o‘rganishlar olib borayotgan Baxtiyor Maniyazov esa temirchi hunarmand Dilmurod Mamajonov faoliyati bilan tanishdi. Hozirda beshta ish o‘rni yaratgan usta deputatdan tumandagi mavjud bo‘sh binolardan joy olishda ko‘mak so‘radi. Chunki 30 mln so‘mlik ijara to‘lovini to‘lash hunarmand uchun og‘irlik qilyapti.