Deputat uchun jiddiy shug‘ullanadigan masala topildi


702     30.01.2025

Hunarmandlar bilan gaplashsang xorijdan xomashyo olib kirishda muammolar borligini ko‘p aytishadi. Yaʼni, boj to‘lovlari qimmat, kamiga hujjatbozliklardan ham vaqting, ham naqting ketadi. Imtiyoz esa yo‘q.

Qashqadaryoliklarning og‘irini yengil qilish maqsadida yurgan deputat Jahongir Mamajonovning shahrisabzlik hunarmandlar bilan bo‘lgan uchrashuvida ham shu masala ko‘tarildi. “Bu masala qonunchilik doirasida hal qilinmas ekan, ko‘p gapirganimiz bilan foydasi yo‘q”, – deydi hunarmandlar.

Demak, Jahongir Mamajonov uchun Toshkentga qaytganidan so‘ng jiddiy shug‘ullanadigan masala topildi.