Oliy Majlis deputatlariga hududlarda ish qolmasligi kerak edi


654     30.01.2025

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘ryapmiz, kuzatyapmiz: deputat Go‘zal Samiyeva Surxondaryoda tinim bilmayapti. Tushgacha sariosiyoliklarning dardini eshitsa, tushdan keyin Uzun tumani aholisining muammolariga quloq tutyapti. Kechda esa aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha mutasaddilarning eshigini taqqillatyapti.

Uchrashuvlarda asosan kommunal xizmatlar, ichki yo‘llarni taʼmirlash, kadastr bilan bog‘liq masalalarda murojaatlar ko‘p bo‘lyapti.

Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, joylardagi barcha mahalliy Kengash deputatlari ham o‘z vazifasini vijdonan bajarmayapti. Vijdonan bajarganda edi odamlar Toshkentdan kelgan deputatga kundalik muammolarini doston qilmagan bo‘lardi. Aslida ijtimoiy muammolarni hal qilish mahalliy Kengash deputatlari zimmasidagi vazifa hisoblanadi.