“Xalq banki” xalq mulkiga jiddiy ziyon yetkazgan


876     31.01.2025

Farg‘onada xizmat safarida yurgan deputat Nodir Tilavoldiyevga Toshloq tumani 2024-yilda 100 mln dollardan ortiq xorijiy investitsiyani o‘zlashtirib, yuqori natijali 27 tuman qatoridan o‘rin olganini maʼlum qilishdi.

Tumanda investitsion loyihalar bilan tanishgan deputat ko‘rsatkichlarni yanada oshirish lozimligini, buning uchun imkoniyat yetarligini aytdi. 

Deputat Marg‘ilondagi “Xonaqoh” madrasasiga tutash yer maydoni hech qanday muhofaza hududi qoldirilmasdan “Xalq banki” tomonidan sotib yuborilgani va bu bilan madaniy merosga zarar yetkazilgani to‘g‘risidagi murojaatni o‘rgandi.

“Holat achinarli. Tezda ishchi guruhi tuzilib, masala jiddiy o‘rganilishi lozim”, – dedi deputat.