Samarqandda mutasaddilarning tishi o‘tmayotgan muammo bor


800     31.01.2025

Qo‘shrabot tumanida bir muammo borki, uni hal qilishga mutasaddilarning tishi o‘tmayapti. Gap shundaki, “Buloqboshi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiyasi aholiga shunchalik yaqin qurilganki, badbo‘y hiddan nafas olib bo‘lmayapti.

Qonunchilik palatasi deputati Bekmirza Eshmirzayev ushbu muammoni o‘rganib, masalani tuman “Suvtaʼminoti”ga ko‘ndalang qo‘ydi. Korxona rahbari Farhod Boliyev esa haqiqatni aytdi-qo‘ydi: “Muammoni hal qilishning hech iloji yo‘q. Loyiha avvalboshdan noto‘g‘ri qilingan”.

Deputat bu masalani eʼtibordan qoldirib bo‘lmasligini taʼkidladi. “Loyihani tasdiqlaganlar ham, ijrochilar ham qonun oldida javob berishi kerak”.