Muhokama mavzusi: jamiyatning og‘riqli nuqtalari


896     03.02.2025

Markaziy kengashda o‘tkazilgan tadbirda “Siyosatchi ayollar klubi” nizomi muhokama qilinib, “Deputat ayollar klubi”ning  faoliyati, xotin-qizlar muammolarini hal etishdagi ishlar, samarali loyihalar haqida ham maʼlumotlar berildi.

Yig‘ilganlar eʼtiborni jamiyatning og‘riqli nuqtalari – oilaviy ajrimlar, erta nikohlar sonining ortib borayotganiga qaratdi. Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish, voyaga yetmagan qizlarni unashtirishning oldini olish va farzandini tashlab xorijga ketayotgan ayollar bilan tizimli ishlashga oid takliflar bildirildi.