Fraksiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


754     03.02.2025

Partiya fraksiyasining yig‘ilishi deputatlarning o‘tgan bir hafta davomida hududlardagi o‘rganishlari natijalari muhokamasi bilan boshlandi.

Fraksiya aʼzolari partiyaviy g‘oyalardan kelib chiqib, turizm, tarixiy obidalarni saqlash hamda mahalliy tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi. Saylovchilar bilan uchrashib, ijtimoiy muammolarni hal qilish choralarini ko‘rdi. Aniqlangan aksariyat muammolar joyida hal qilingan bo‘lsa, ayrimlarini qonunchilikka o‘zgartish kiritish orqali bartaraf etish maqsadida takliflar tayyorlandi.