Islohotlar samarasi mahalliy deputatlar faolligiga bog‘liq


661     07.02.2025

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maxsud Muhammedov Shofirkon tumanidagi o‘rganishlarini bejizga mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashuvdan boshlamadi. Chunki joylardagi islohotlar natijadorligi mahalliy deputatlarning harakatiga bog‘liq. Yaʼni, mahalliy deputatlar faol bo‘lib, ijro hokimiyati ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnata olgan bo‘lsa, albatta, samara ham shunga yarasha bo‘ladi.

Viloyat Kengashi vakillari hamrohligida “Dorigar” hamda “Kalon” mahallalari aholisi muammolari ham o‘rganildi. Uchrashuvlarda ko‘priklarni taʼmirlash, yoshlar uchun sport maydonchalari qurish, o‘quvchilarning katta yo‘ldan xavfsiz o‘tish choralarini ko‘rish, shuningdek, subsidiya va bandlik masalalarida murojaatlar bo‘ldi.