Ombudsmanga eng ko‘p murojaat qaysi hududdan tushgan


474     10.02.2025

Partiya fraksiyasi yig‘ilishida dastlab Ombudsmanning 2024-yildagi faoliyati muhokama qilindi. Taʼkidlanishicha, o‘tgan yili Ombudsmanga  murojaatlar soni 23422 tani tashkil etgan bo‘lsa, ularning 45,4 foizi xotin-qizlardan, 54,6 foizi esa erkaklardan kelgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda eng ko‘p murojaat Qashqadaryo, Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi.

“Milliy tiklanish” uchun inson huquqlari masalasi doimo ustuvor bo‘lib kelgan. Shu maʼnoda, fraksiya Ombudsmanning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytiradi.