Maktabgacha taʼlim qamrovi 76 foizga yetdi


657     10.02.2025

Fraksiya yig‘ilishi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2024-yildagi ijrosi muhokamasi bilan davom etmoqda.

Adliya vaziri Akbar Toshqulovning qayd etishicha, hisobot davrida 96 ta yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jami bog‘chalar soni 6 915 tani tashkil qilmoqda. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni esa 31 140 taga yetkazilib, qamrov 76 foizga yetdi.

Deputatlar partiya g‘oyalaridan kelib chiqib, hukumat vakillaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olmoqda.