Ham hunar o‘rganib, ham daromad topayotgan yoshlar


454     11.02.2025

Bugun ayrim maktablarda bitiruvchi yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish borasida maqtashga arzigulik ishlar qilinyapti. Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Dilbarxon Jumaqova rahbarlik qilayotgan Buloqboshi tumanidagi 6-sonli maktab ana shunday namunali taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Yaqinda deputat tashabbusi bilan tashkil etilgan o‘quv-seminarda ma'lum qilinishicha, “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida bitiruvchilar uchun bichish-tikish va pazandalik kurslarida qizlar ham hunar o‘rganyapti, mehnatiga yarasha ish haqi ham olyapti.