Yana taʼlim vazirligi balogardon


695     12.02.2025

Sirdaryo tumanida bir maktabgacha taʼlim tashkiloti bor: 1972-yilda qurilgan 280 o‘rinli 14-sonli bog‘chaning birinchi qavati foydalanishga mutlaqo yaroqsiz bo‘lib qolganiga ancha yillar bo‘ldi. Bugun 190 nafar bola ikkinchi qavatda tarbiya olishga majbur. Chunki yarim asrdan buyon biron marta taʼmirlanmagan bog‘cha haqida hech kim bosh qotirmayapti. 

Yaqinda mazkur bog‘chada bo‘lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Qulmatov ushbu masalani hal qilishga kirishdi. Deputat Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga bu haqda "Deputat so‘rovi" yubordi. 

Albatta, ko‘tarilgan masala dolzarb. Bolalarni yaroqsiz binoda uzoq qoldirib bo‘lmaydi.