462 17.02.2025
Fraksiya yig‘ilishida qonunchilikda ilk bor qo‘llanilayotgan xorijiy so‘z – “proaktiv” so‘ziga eʼtiroz bildirildi.
Kozim Tojiyev: xalqaro so‘zlarning o‘zbekcha muqobili yo‘q, degan qarash bilan amaliyotga kiritaversak, o‘zbek tili qachon qonun tiliga aylanadi.
“Milliy tiklanish” uchun til – dard, og‘riq. Partiya xorijiy so‘zlarning shunchaki muomalaga kirib kelishini davlat tiliga hurmatsizlik deb baholaydi.