Nizoni faqat sudlar orqali hal etish shart emas


642     17.02.2025

Yig‘ilishda nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o'qishda muhokama qilindi.

Mediatsiya, bu – nizolarni sudgacha xolis, manfaatdor bo‘lmagan uchinchi bir tomon yordami bilan, yaʼni mediator ishtirokida hal etish shaklidir.

Yevropa davlatlarida nizoli holatlarning 70-80 foizi shu yo‘l bilan hal etiladi. O‘zbekistonda esa 2018-yildan boshlab mediatsiya instituti joriy etilgan bo‘lsada, bu ko‘rsatkich atiga 4,2 foizni tashkil qiladi, xolos.