Yangiliklar


247   14-04-2022

Eshikni oching, ko‘mak guruhi yo‘lga chiqdi

Yaqinda Buxoroda bo‘lgan partiya Markaziy kengashi ishchi guruhi partiyaning viloyatdagi 13 ta tuman va shahar kengashlari faoliyatini o‘rganib, masʼullarga aniqlangan kamchilik, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tezda bartaraf etish yuzasidan topshiriq, ko‘rsatma va tavsiyalar bergan edi. Xo‘sh, ularning ijrosi qay darajada taʼminlanyapti?

Partiyaning viloyat kengashi raisi Maxsud Muxammedov boshchiligidagi ko‘mak guruhi Olot hamda Qorako‘l tumanlarida bo‘lib, topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi.

Amaliy o‘rganishlar davomida boshlang‘ich partiya tashkilotlari, deputatlar va deputatlik guruhlari faoliyati, shuningdek, partiya dasturiy maqsad va vazifalar ijrosi holati qayta ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng Qorako‘l Xalqaro matematika maktabida boshlang‘ich partiya tashkiloti aʼzolari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligining tahlili yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Ko‘mak guruhining o‘rganishlari boshqa tumanlarda ham davom ettiriladi.