996 21.02.2025
Yodingizda bo‘lsa, bundan ikki yilcha avval Prezidentimiz BMT minbarida turib, “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”, degandilar.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvini kuzata turib, Yangi O‘zbekistonning Yoshlarga oid davlat siyosati nimalarni qamrab olishi kerak, degan savolga aniq-tiniq javob olgandek bo‘ldim. Chindan ham biz yoshlarni, yangi avlod vakillarini ta’limsiz, tarbiyasiz kelajakka tayyorlay olmaymiz.
Tan olishimiz kerak, yoshlar masalasi butun dunyoda eng og‘ir va dolzarb masalaga aylandi. Dunyoning ko‘plab davlatlarida oila institutining barbod bo‘layotgani aholining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga ishonchsizlik, xalqlarni birbiriga dushman qilayotgan qurolli to‘qnashuvlaru, axboriy urushlar eng avvalo, yoshlar zimmasiga yuk bo‘lib tushayapti. Yurtboshimiz ham uchrashuvda soat sayin o‘zgarib borayotgan siyosiyijtimoiy, iqtisodiy, demografik va gumanitar vaziyatda faqatgina tarbiyasi mustahkam, ilmli yoshlargina o‘z davlatini olib chiqib ketishi mumkinligiga bejiz ishora qilmadilar.
O‘ylaymanki, ana shu tarixiy uchrashuvdan eng avvalo otaonalar, ustoz va murabbiylar to‘g‘ri xulosalar chiqarishlari kerak bo‘ladi.
Vasila FAYZIYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
“Milliy tiklanish” gazetasining 2025-yil 19-fevral sonidan olindi