Bog‘chaga boraman degan bola ko‘p, lekin...


864     27.02.2025

Partiya fraksiyasi aʼzolari belgilangan tartib bo‘yicha hududlarda o‘rganishlarni boshladi. Jumladan, Bahodir Mamatxonov mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida Karmana tumani “Shibzon” mahallasidagi 60 o‘ringa mo‘ljallangan 27-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishib, bog‘cha sig‘imini ikki barobarga oshirish, elektr energiya hamda tabiiy gazni tejash maqsadida binoni isitish qoplamasi bilan taʼmirlash zarurligini aniqladi.

Shifokorlik punkti bilan tanishuvda esa deputatga fuqarolarning elektron navbatini yo‘lga qo‘yish uchun zamonaviy kompyuterga ehtiyoj borligi maʼlum qilindi.

Yana bir qator muammo va kamchiliklar aniqlandi, endi gap ularni hal qilishda qoldi, xolos.