“Hurmatli deputat, bizni “kundalik.com” tashvishidan qutqaring!”


669     27.02.2025

Oqdaryo tumanidagi 38-umumtaʼlim maktabida saylovchilar bilan uchrashgan deputat Azamat Pardayevga “Dahbed” mahallasi aholisidan ko‘p qavatli uylarda yashovchilar kanalizatsiya masalasini ko‘tardi. Shu bilan birga ko‘pchilik onkologik kasalligi bor bemorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etish taklifini o‘rtaga tashladi.

 

Pedagoglar jamoasi esa “kundalik.com” bilan bog‘liq dardini doston qildi. Yaʼni, o‘qituvchilar faollashtirish uchun ota-ona va o‘quvchilar o‘rniga har kuni tizimga kirib, ortiqcha vaqt sarflashga majbur bo‘lyapti. Aks holda “yuqori” idoralardan gap eshitadi.