466 27.02.2025
Maʼlumotlarga qaraganda, yurtimizdagi maktablarning 25 foizi avtoyo‘llar bo‘yida joylashgan va bu bolalar ishtirokida baxtsiz hodisalar xavfini oshirmoqda. Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi 4-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi faoliyati bilan tanishgan deputat Ruslan Jumamuratov ham yuqoridagi kabi muammoga ro‘baro bo‘ldi.
Gap shundaki, ushbu maktab katta yo‘l bo‘yida joylashgan bo'lib, masʼullar murojaatlariga qaramay, oddiy svetafor o‘rnatish masalasini paysalga solib kelyapti. Xullas, mahalliy mutasaddilar uchun “hal qilib bo‘lmaydigan olamshumul muammo”ga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati aralashmasa bo‘lmaydigan ko‘rinadi. Aks holda o‘qituvchilar “svetafor” vazifasini o‘tashda davom etadi.