658 27.02.2025
Odatda “yuqoridan” kimdir tekshirishga kelishini eshitsak, faqat yaxshi tomonlarimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Go‘yoki hech qanday muammo yo‘q, olam guliston.
Sirdaryoning Sayxunobodiga otlangan deputat Sherzod Qulmatov bu safar boshqacha yo‘l tutdi: tuman kotibiyati mudiri bilan gaplashib, sharoiti og‘ir maktablar ro‘yxatini tuzib chiqdi va o‘rganishi haqida masʼullarni ham ogohlantirmay partiyaning viloyat Kengashi raisi Norbobo Soatov hamrohligida to‘g‘ri ana shunday maktablarni o‘rganishga kirishdi.
Jumladan, tumandagi 3-sonli maktabda bo‘lgan deputat haqiqiy manzaraga guvoh bo‘ldi. Maktab haqiqatan ham joriy taʼmirga muhtoj.