Yaxshi yashashga to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rganilmoqda


871     27.02.2025

Jizzaxda o‘rganishlar olib borayotgan deputat Nazira Muxtorova viloyat markazining Amir Temur mahallasidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti, shifokorlik punkti faoliyatini o‘rgandi. Uyma-uy yurib, odamlarning yashash sharoiti bilan tanishdi. Yaxshi yashashga to‘siq bo‘layotgan muammolarni o‘rgandi.

Fraksiya aʼzolari Sayyora Jumayeva hamda Jahongir Mamajonovlar esa Farg‘onada bo‘lib, mahalliy deputatlar hamrohligida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, taʼlim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi kamchiliklarni aniqlash va hal qilish choralarini ko‘rmoqda.