Mahalliy eksportchi korxonalar raqobatga qanchalik tayyor


468     28.02.2025

Deputat Nodir Tilavoldiyevning Farg‘onaga safari bejizga Toshloq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan boshlanmadi. O‘tgan yili maktabning 68 nafar bitiruvchisidan 59 nafari davlat oliy taʼlim muassasalariga, 2 nafari esa xorijning nufuzli universitetiga qabul qilingan. Pedagoglar bilan uchrashuvda, bunday natijani butun tumanga yoyish masalasi muhokama qilindi.

Nodir Tilavoldiyev “Toshloq meva eksport”, “Muskuroy” korxonalari rahbarlari bilan ham uchrashib, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishining ahamiyati va eksportchi korxonalarning kuchli raqobatga tayyor bo‘lishi masalalarida suhbatlashdi. Shuningdek, “So‘filar” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan tanishdi.