558 28.02.2025
“Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi Dilnoza Azizova Namangan viloyatidagi o‘rganishlarida asosiy eʼtiborni madaniy meros obyektlariga qaratdi. Jumladan, deputat Namangan tumanidagi “Bibi Mushkulkushod”, “Hilvat mozor” va “Kuyik” ziyoratgohlari bilan bog‘liq muammolarni o‘rgandi.
Birinchi ziyoratgoh joriy taʼmirga muhtojligi aniqlangan bo‘lsa, ikkinchisida mahalliy aholining kichik muzey tashkil qilish bilan bog‘liq taklifi o‘rganildi. Uchinchi ziyoratgohda esa 35 yillik muammo o‘rtaga chiqdi. Yaʼni, mahalliy aholi shuncha yildan buyon “Kuyik” ziyoratgohini madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritolmay ovora. Natijada bu tarixiy obyekt xarobaga aylanib bormoqda.