573 28.02.2025
Tezkor o‘zgarishlar davrida yashayapmiz. Ayniqsa, har kuni, har daqiqada ishimiz bilan bog‘liq nimadir o‘rganmasak, o‘zaro tajriba almashib, xato va kamchiliklarimizni tuzatib bormasak ishimizda natija bo‘lmaydi.
Markaziy kengashda partiya xodimlari ish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminarni o‘tkazishdan maqsad ham tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va bexato bajarishdan iboratdir.