G‘ijduvonliklar nimadan bezovta


553     03.03.2025

G‘ijduvon tumanidagi 20-sonli bir asrlik tarixga ega 480 o‘rinli maktabda bugun 843 nafar o‘quvchi tahsil olyapti. 360 o‘rinli 12-sonli maktab esa o‘z bag‘riga 500 dan ortiq o‘quvchini sig‘dirgan. Demak, ushbu taʼlim mussasalari qo‘shimcha binoga muhtoj. 37-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti joriy taʼmirlanib, zamon talabi asosida jihozlanmas ekan, ota-onalar farzandini boshqa bog‘chaga ko‘chirishga majbur.
“G‘ovshun” mahallasi oqsoqollari talabi: qarovsiz qolgan guzar taʼmirlanib, maʼnaviyat markazi hamda kutubxonaga aylantirilishi, “So‘ficho‘yan” qabristoni uchun qo‘shimcha yer ajratilishi zarur. Buxoroda o‘rganishlar olib borayotgan deputat Maxsud Muhammedovni bu safar ana shunday masalalar qarshi oldi.