Bir shaharda ikki xil manzara


887     03.03.2025

Quyi palata deputatlari Abdulhakim Eshboyev hamda Go‘zal Samiyevalar Surxondaryodagi o‘rganishlarida asosiy eʼtiborni musiqa va sanʼat maktablariga qaratdi. Fraksiya aʼzolari mahalliy deputatlar hamrohligida dastlab 1981-yilda faoliyatini boshlagan Termiz shahridagi 2-sonli, so‘ngra 150 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 1-sonli musiqa maktablari faoliyatini o‘rgandi.
Birinchi manzilda quyidagi muammolar aniqlandi: moliyaviy masalalar yechilmagani bois, cholg‘u asboblar, darsliklar yetishmaydi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmayapti. Kadrlar qo‘nimsizligi bor. Ikkinchi manzilda esa aksincha holat: barcha sharoitlar yaratilgan, faqat o‘quvchilar musiqa va sanʼat sirlarini qunt bilan o‘rgansa bo‘lgani.