Bugungi kun qahramonlari bilan tanishing


465     03.03.2025

Yaqin tarixda bunday hodisa haqida hali eshitmadik: Qibrayda bir mahalla raisi o‘zining 1 sotix yer maydonida o‘z hisobidan zamonaviy kutubxona qurib, mahalla ixtiyoriga topshirdi. Toshkent viloyatiga safarga chiqqan deputat Zuhra Mirg‘oziyeva “Bunyodkor” mahallasidagi ushbu kutubxona faoliyati bilan tanishdi.
“Bugun yurtimizda katta saroydek kutubxona qurishga ham imkoniyati yetadiganlar ko‘p bo‘lsada, ular orasida ma’naviyat, ma’rifat haqida o‘ylaydiganlari kam topiladi. Shu ma’noda, mahalla raisi Botir Sobirovning bu harakati qahramonlikdan boshqa narsa emas”, – deydi Zuhra Mirg‘oziyeva. Ha aytgancha, kutubxonada bepul shaxmat to‘garagi ham tashkil qilingan ekan.