“Toshkentdan tez-tez “mehmon”lar kelib turgani yaxshi ekanda”


866     03.03.2025

Quyi palata deputati Baxtiyor Maniyazov o‘tgan safar Xo‘jaobod tumaniga kelganida fuqarolardan tushgan murojaatlar yechimi bo‘yicha mutasaddi idoralarga shaxsan o‘zi borgan va mas’ullardan ijro bo‘yicha va’dalar olgan edi.
Deputat Andijonga qilgan bu galgi yurishini va’dalarga qanchalik vafo qilinganini o‘rganishdan boshladi. Shu maqsadda tuman tibbiyot birlashmasida bo‘ldi. Shuningdek, deputat 4 va 5-sonli maktablarda ham bo‘lib, issiqlik bilan bog‘liq muammo hal qilinganiga guvoh bo‘ldi. Maktablar ma’muriyati esa Toshkentdan tez-tez “mehmon”lar kelib turgani yaxshi ekanda” deya xursand.