“Hurmatli deputat, bizning maktabga ham bir kelib keting”


672     03.03.2025

Deputat Vasila Fayziyeva Olmazor tumanidagi 249-sonli maktab faoliyati bilan tanishdi. Maktabda o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hatto "Robototexnika" hamda “Turon” teatr to‘garaklari ham tashkil qilingan. O‘quvchilarning tuman va shahar miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlardagi natijalari ham shunga yarasha.
Shu o‘rinda bir mulohaza: quyi palata deputati sharoiti haminqadar maktablarga ham borsa yaxshi bo‘lardi. Toshkentda og‘ir sharoitlarni o‘zgartirishgada qodir yuqori martabali shaxslar kelishini intiq kutayotgan maktablar ham yo‘q emas.